Adidas Smart Ball Aqlli kopto'gi

Image

Adidas miCoach SMART BALL - standart o'lchamdagi futbol to'pidir (FIFA tomonidan tasdiqlangan), bu yangi o'yinchi hamda, tajribali futbolchilarga ham paslarning aniqliligini va zarba berish texnikasini yaxshilashga yordam beradi. Tepkidan keyin Adidas SMART BALL zarbani kuchi va aniqligi, to'pning traektoriyasi va uning aylanish tezligi haqida batafsil ma'lumot bilan bir zumda Bluetooth orqali Android telefon / planshetga ma'lumotlarni uzatadi. Aqlli SMART BALL markaziga osib qo'yilgan maxsus sensorlar parvoz paytida to'pga ta'sir etuvchi kuchlarni tahlil qiladi.

MiCoach SMART BALL dasturi sizga vizual ko'rsatmalar yordamida to'pni qanday kuch bilan va qanday traektoriya bilan to'g'ri urishni o'rgatadi. Ushbu dastur yordamida siz professional futbolchilarning zarbalarini takrorlashga, shuningdek, kunning eng yaxshi zarbalarini saqlashga va ularni do'stlaringiz bilan bo'lishishingiz mumkin.


O'rnatilgan batareyaning avtonom ishlash vaqti 2000 zarba yoki 1 hafta. Koptok to'plamga kiritilgan maxsus stendda induktsiyon usul bilan zaryadlanadi.

So'nggi yangiliklar