Osh tuzi inson uchun muhim ozuqaviy modda sanaladi. Chunki organizmdagi moddalar almashinuvini normallashtirish uchun kuniga Sog‘liqni saqlash vazirligi aytganidek, bir choy qoshiq — 5 gramm tuz iste’mol qilish lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, yod tanqisligi kasalligining oldini olish uchun ham yodlangan osh tuzi juda muhim va zarur.
Оrganizmda tuzning ortib ketishi moddalar almashuvi jarayonini buzadi, yurak, buyrak va qon aylanish tizimida turli xastaliklarni keltirib chiqaradi. Uni qancha ko‘p iste’mol qilsangiz, buyrak faoliyati shunchalik qiyinlashadi, organizmda natriy to‘planishiga olib keladi. Qonda ortiqcha tuz paydo bo‘lishi evaziga yurakka va u orqali butun tanaga ortiqcha bosim tushishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, yodlangan tuzni ko‘p miqdorda ovqat bilan iste’mol qilish ko‘z bosimini oshiradi, keyinchalik kataraktaga ham olib kelishi mumkin. Shuningdek, oshqozonda jiddiy muammolar (masalan, oshqozon saratoni)ni yuzaga keltirishi ham tadqiqotlarda isbotlangan.
Mutaxassislarning fikricha, tuz iste'molini kuniga 3 grammga kamaytirish orqali yurak qon tomir kasalliklarini ikki barobarga kamaytirish mumkin ekan. Bir qancha davlatlar ushbu modulni sinab ko'rishdi. Masalan, Finlyandiyada o'tgan asrning 70 yillarida kundalik tuz miqdorini 12 grammdan 9 garammga pasaytirishga undovchi axboriy kompaniyalar boshlangan edi. Natijalar esa uzoq kuttirmadi. Mamlakatda yurak kasalliklari bilan kasallanganlar mos ravishda 75-80 foizga qisqardi va uzoq umr ko'rish davomiyligi 5-6 yilga oshganligi qayd etildi.