Tonggi jismoniy mashqlar: Organizmni mehnatga, kun bo'yi ishlashga rag'batlantiradi, ishini tetiklashtiradi, kayfiyatni ko'taradi, uyqu va lanjlikni tarqatadi. Tonggi mashqlar boshqa jismoniy mashg'ulotlar kabi qomatni ko'rkamlashtirish yoki biron-bir kasallikni davolashga yo'naltirilmaydi. U sog'lom turmush tarzining bir qismi bo'lib, profilaktika sifatida qo'llaniladi. Tonggi mashqlar tananing egiluvchanligini oshirib, to'g'ri nafas olishga yordam beradi. Bunday mashqlar:
Qon va limfa aylanishini yaxshilaydi;
Moddalar almashinuvini faollashtiradi;
Uyqudan so'ng organizmda suv yig'ilishini bartaraf etadi.
Tonggi mashqlarni o'rningizdan turmagan yoki o'tirgan holda bajarishingiz ham mumkin. Bu hali yaxshi uyg'onmagan organizmni tetiklashtiradi.