Immunitet (lot-Immunitas 'bo'shatish, biror narsadan xalos bo'lish') - organizmni begona jism uchun infektsiya qo'zg'atuvchilaridan va yot xarakterdagi moddalardan himoya qilishga qaratilgan javoblar to'plami .
Immun tizim — organizmdagi eng nozik jarayondir. Immunitet har qanday holatda, dori-darmon qabul qilsak ham, qilmasak ham kasalliklar bilan kurashavera¬di. Faqatgina dori-darmonlarni to'g'ri qabul qilishimiz kerak. Organizmning immun jarayonini buzmaslik
lozim. Immun tizimga o'zboshimchalik bilan tartibsiz aralashib bo'lmaydi. Chunki immunomodulyatorlarni noo'rin qabul qilish organizmda ba'zi autoim-mun kasalliklarni vujudga keltirishi mumkin.
Immunitetni tushiruvchi odatlar:
• Ko'p shirinlik iste'mol qilish;
• Ko'p tuz iste'mol qilish;
• Kam yoki yomon uxlash;
• Ko'p yog'li ovqatlar yeyish;
• Kam suyuqlik (suv) ichish;
• Kam kletchatka yeyish;
• Kam oqsil iste'mol qilish;
• Kam sabzavot va meva yeyish;
• Kamharakat hayot tarzi.
Immunitetni mustahkamlash. Immunitetni mustahkamlash uchun tabiiy tarkibida ko'plab vitaminlar saqlaydigan vositalardan foydalangan ma'qul. Masalan, ho'l mevalar, sabzavotli salatlar, suyuqliklar, damlamalarni ko'proq iste'mol qilish tavsiya etiladi. Ayniqsa, anor, olma, limon, qatiq, piyoz, sarimsoqpiyoz, asal, qovoq, brokolli karami, qora sedanani muntazam tanavvul qilish koni foyda. Bundan tashqari, ko'k choy, chereda (ittikanak), moychechak, zanjabil, quritilgan yerba mate barglari, qizil miya ildizi damlamalari immunitetni ko'tarishda qo'l keladi.